"Yuventus" hujumchisining agenti "Arsenal" bilan uchrashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

"Yuventus" yarim himoyachisi Deyan Kulushevski "Arsenal"ning qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi. Jurnalist Janluka Di Martsioning xabar berishicha, London klubi vakillari allaqachon futbolchining agenti bilan bog'lanishgan.
"Byankonerilar" 35 million evro evaziga Shvetsiya terma jamoasi futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor. 21 yoshli futbolchi "Yuve" bosh murabbiyi Massimiliano Allegrining kelajakdagi rejalariga kiritilmagan.
Joriy mavsumda Deyan Kulushevski "keksa sinyora" safida barcha turnirlarda 17 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253