Angliya ayollar terma jamoasi Latviya darvozasiga 20ta javobsiz gol urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 67
Angliya ayollar terma jamoasi JCh-2023 saralashida Latviyani 20:0 hisobida mag'lub etdi. Bu natija Evropada jahon chempionati saralash bosqichidagi rekord bo'ldi.
30 noyabr kuni bo'lib o'tgan o'yinda Loren Xemp 4ta gol urdi, Betani Mid, Xelen Uayt va Aleksiya Russo xet-trik qayd etishdi, Jorjina Stenuey esa 6ta golga assistentlik qildi.
Britaniyalik ayollar terma jamoasi saralashning o'zi ishtirok etayotgan guruhida birinchi o'rinda bormoqda. Urilgan va o'tkazib yuborilgan gollar o'rtasidagi farq 53:0.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!