Yurtimizdagi "Real Madrid" futbol akademiyasida yig'ilish bo'lib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100
Kecha "El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation"futbol akademiyasi majlislar zalida o'quv maskani rahbariyati va tarbiyalanuvchilarining kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda akademiya direktori Akmal Sharipov, “Real Madrid Foundation” tomonidan akademiya koordinatori David Kano, “El Golazo” ta'sischilar kengashidan Farruh Ismoilov va akademiya qoshidagi «Zamonaviy maktab» direktori Manzura Kamalova ishtirok etdi.
Yig'ilishda akademiya o'quvchilari va murabbiylari bilan “tartib intizom va tarbiya” mavzusidagi masala ko'rib chiqildi.
Yig'ilishni akademiya direktori Akmal Sharipov ochib berdi va akademiya tarbiyalanuvchilariga ichki tartib-qoidalarga rioya qilish muhimligini alohida ta'kidlab o'tdi. Bundan tashqari, darslarni o'zlashtirishda ajoyib natijalarni ko'rsatayotgan o'quvchilarga minnatdorchilik bildirildi. O'z navbatida, o'zlashtirishda oqsayotgan o'quvchilarga o'qishga bo'lgan e'tiborni kuchaytirish tushuntirib o'tildi.
Shuningdek, ispaniyalik mutaxassis David Kano ham akademiya futbolchilari erishayotgan natijalarga to'xtaldi. Tarbiyalanuvchilarga yuqori ko'rsatkichlarga erishish uchun maksimal olg'a intilish muhimligini uqtirdi. Trening yig'ilish akademiya tarbiyalanuvchilari uchun foydali bo'lishiga shubha yo'q.
Manba: Metallurg matbuot xizmati