Ana xolos! «Yuventus» B seriyaga ravona qilinishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 340

Italiya iste'molchilarning huquqini himoya qilish assotsiatsiyasi rahbari Marko Dontselli «Yuventus»ga qarshi ish ochilishini ta'minlashga va'da berdi.
"Keksa sinora" o'z kapitalini o'stirish uchun moliyaviy qing'irliklarga qo'l urganlikda ayblamoqda.
«Agar «Yuventus» firibgarlik orqali boshqa jamoalarga nisbatan ustunlikka erishgan bo'lsa, bozor raqobatini nazorat qilish boshqarmasi vaziyatga aralashishi va jazo chorasini qo'llashi lozim.
Minglab muxlislarni himoya qilish uchun biz antiponopoliya qo'mitasi va prokuraturaga shikoyat kiritamiz hamda «Yuventus» B seriyaga tushirib yuborish va so'nggi sovrinlardan mahrum qilishni so'raymiz. Chunki, jamoa noqonuniy operatsiyalar evaziga sovrinlarga ega chiqqan», – dedi Dontselli.
Eslatib o'tamiz, «Yuventus» ketma-ket 9 marta Italiya chempionligini qo'lga kiritdi. Italiya moliya politsiyasi o'tgan haftada klub qarorgohida tintuv o'tkazdi.

Bosh sahifaga
216