Rim klubi dunyodagi eng qimmat darvozabonga ko'z tikkan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

"Chelsi" darvozaboni Rimga yo'l olishi mumkin. "AS" nashrining xabariga ko'ra, Kepa Arrisabalaganing sobiq ustozi Mauritsio Sarri uni Italiyaga chorlamoqda.
"Latsio"ga hozirda darvozabon kerak bo'lib turibdi. Shu sabab ispaniyalik posbonga ko'z tikmoqda. Ammo Kepaning baland maoshi rimliklarni qiynab qo'yishi mumkin.
U hozirda Londonda yiliga 6 million funt oladi. Eslatib o'tamiz, Kepa Arrisabalaga 2018 yilda "Atletik Bilbao"dan "Chelsi"ga 72 millon funtga transfer qilingan edi. Bu uni dunyoning eng qimmat darvozaboniga aylantirgan.
Manba: caughtoffside.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230