"Napoli" Maradona xotirasiga bag'ishlab Argentina terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis Neapol klubi va Argentina terma jamoasi o'rtasida afsonaviy argentinalik futbolchi Diego Maradona xotirasiga bag'ishlangan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi mumkinligini ma'lum qildi.
"Biz tashqi ishlar vaziri Luidji Di Mayo va Argentina elchisi bilan uchrashuv o'tkazish ustida ishlayapmiz", - deya Laurentisning so'zlaridan iqtibos keltiradi "Football Italia" nashri.
Qayd etilishicha, uchrashuv 2022 yilning 24 may kuni Neapolda bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Maradona 2020 yilning 25 noyabr kuni 60 yoshida vafot etgan edi. U 1984 yildan 1991 yilgacha "Napoli"da o'ynagan va Argentina bilan 1986 yilgi jahon chempionatida ham g'alaba qozongan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
259