Muxtorxon Tashxodjaev Osiyo Paralimpiya qo'mitasi rahbariyati tarkibiga kirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

Bugun Osiyo Paralimpiya qo'mitasining Bosh assambleyasi o'z ishini boshladi. Onlayn formatda o'tkazilayotgan mazkur jarayon ertaga o'z yakuniga etadi. Assambleyada qit'amizning 45 Mamlakatidan Paralimpiya qo'mitalari rahbarlari ishtirok etishmoqda.
Quvonarlisi, Assambleyaning bugungi ish kunida O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev delegatsiya a'zolari tomonidan bir ovozdan Osiyo Paralimpiya qo'mitasi vitse-prezidenti lavozimiga saylandi. Shu tariqa, O'zbekiston vakili ilk marotaba Osiyo Paralimpiya qo'mitasi vitse-prezidenti lavozimini egallamoqda.
Manba: Olympic.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
254