"Everton" ustozi Rafael Benitesga o'z ishini saqlab qolish uchun bitta o'yin beriladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

"Everton" klubi o'z murabbiyini almashtirish haqida o'ylay boshladi. Xabarlarga ko'ra, klub rahbariyati Rafael Benites ishlaridan qoniqish hosil qilmayapti.
Shu sabab, unga o'z ishini saqlab qolish uchun 2ta o'yin berishni o'ylamoqda. Unga ko'ra, kelayotgan turdagi "Liverpul"ga qarshi derbidan tashqari, Benites qo'lida yana bitta o'yin bo'ladi.
Agar bundan ispaniyalik mutaxassis foydalana bilmasa, u holda klub boshqa murabbiyga murojaat qiladi. Ta'kidlanishicha, Benites o'rniga eng munosib nomzod sifatida Daniya terma jamoasi ustozi Kasper Yulmann ko'rsatilgan.
49 yoshli murabbiy o'z jamoasini qit'a chempionatida yarim finalga qadar olib borgan edi.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
263