Ralf Rangnik "MYu" haqida ilk fikrlari bilan o'rtoqlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 176

"Manchester Yunayted"ning yangi tayinlangan bosh murabbiyi Ralf Rangnik o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. U klubdagi ilk intervyusida shunday deydi:
"Men ushbu jamoaga kelib qo'shilganimdan g'oyatda baxtiyorman. Ushbu klubni mavsum so'ngida muvaffaqiyatli qilish uchun bor kuchimni sarflayman. Jamoa tarkibi iste'dodlarga to'la. Unda tajribalilar va yoshlar o'ziga xos muvozanat hosil qilgan. Mening bundan keyingi harakatlarim faqatgina jamoani butun potentsialini ko'rsatib berishga sarflanadi. Bundan tashqari, men klubni maslahatchi sifatida ham uzoq muddatlik maqsadlariga erishish yo'lida yordam berib boraman".
Eslatib o'tamiz, "MYu" kelayotgan turda "Arsenal" bilan to'qnash keladi.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
263