"Jenoa" ustozi sobiq futbolchisini o'z jamoasiga jalb qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 154

"Vest Xem" futbolchisi Andriy Yarmolenko jamoani tark etishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, ukrainalik futbolchiga "Trabzonspor" klubi qiziqish bilan qaramoqda.
32 yoshli hujumchi Londonda so'nggi yilini o'tkazmoqda. U bu mavsumda 8 marta maydonda harakat qilgan. Yarmolenko uchun, shuningdek, "Dinamo Kiev" hamda Italiyaning "Jenoa" jamoalari da'vo qilishi aytilgan.
Ayniqsa, "Jenoa" ustozi Shevchenko o'zining sobiq shogirdini jamoasiga jalb etishga yaqin. Ular o'tmishda Ukraina terma jamoasida ham birga ishlagan. Shunga qaramay, Yarmolenkoning agenti yuqoridagi barcha xabarni rad etgan.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
263