"Nyukasl" 35 millionlik Frantsiya chempionini "nishonga olgan"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 175

"Nyukasl" klubi "Lill" futbolchisi Renato Sanchesh transferiga qiziqish bildirmoqda. "Calciomerato" nashri xabariga ko'ra, "Nyukasl" portugaliyalik yarim himoyachiga yaxshi pul taklif qila oladi.
Futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar tuzilgan. Unga da'vogar klub kamida 35 million evro to'lov qilishi lozim. Sanchesh transferiga "Milan" ham qiziqish bildirgan.
Ammo "Nyukasl" milanliklardan ko'ra, yaxshi taklif bera oladi. Eslatib o'tamiz, Renato Sanchesh o'tgan mavsumda jamoasi bilan Frantsiya chempioni bo'lgan edi. U uchun "Arsenal" hamda "Liverpul" ham da'vogar hisoblanadi.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246