"Barselona" bosh murabbiyi "Brayton" hujumchisini xarid qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 192

Xavi keyingi mavsum oldidan hujum chizig'ini mustahkamlamoqchi. Shu maqsadda "Brayton" futbolchisi Leandro Trossard transferini amalga oshirishni reja qilgan.
Belgiyalik hujumchi bugungi kunda Graxam Potterning eng asosiy quroli hisoblanadi. 26 yoshli o'yinchi 2019 yilda 18 million funt evaziga "Genk"dan xarid qilingan edi.
Uning janubliklar bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi. "Barselona" yangi hujumchi uchun 25-30 million evro to'lov qilishi lozim.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242