"Nyukasl" darvoza postiga ishonchli variant topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

"Nyukasl" qishda Chempionship vakilidan darvozabon xarid qilmoqchi. Xabarlarga ko'ra, "qarg'alar" "Vest Brom" posboni Sem Jonstoun bilan shartnoma imzolashni istaydi.
28 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi keyingi yozda yakunlanadi. Shu sabab, "Vest Bromvich" rahbariyati darvozabonni qishda sotishi mumkin. "Nyukasl" esa APLda qolishi uchun o'z tarkibini kuchaytirishi lozim.
Yanvardagi transferlar oynasida menejer Eddi Xauga sifatli darvozabon sotib olish vazifasi ham yuklatilgan. Jonstoun xizmatlariga "Vest Xem" va "Sautgempton" ham qiziqish bildirgan.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253