Rasman! Messi ettinchi bor "Oltin to'p" sohibi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 241

"PSJ" va Argentina terma jamoasi hujumchisi, avvalroq "Barselona"da o'ynagan Lionel Messi "Oltin to'p -2021"ni qo'lga kiritdi.
34 yoshli argentinalik bu sovrinni 7-marta qo'lga kiritdi, bu rekord ko'rsatkichdir. Krishtianu Ronaldu 5 ta sovrin bilan "Oltin to'p" bo'yicha ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
2021 yilda Messi "Barselona" bilan Ispaniya kubogini qo'lga kiritdi va 2020/21 yilgi mavsumni 30 ta gol bilan La Liganing eng yaxshi to'purari sifatida yakunladi va Argentina terma jamoasi bilan ilk bor Amerika Kubogini qo'lga kiritdi.
Avvalroq Messi 2009 yildan 2012 yilgacha, shuningdek, 2015 va 2019 yillarda qatorasiga to'rt marta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan edi.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
298