Messi sakkizinchi bor ushbu sovrinni qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 213

O'tgan mavsumda "Barselona"da o'ynagan "PSJ" hujumchisi Lionel Messi La Liganing eng yaxshi to'purariga Marca tomonidan taqdim etilgan "Pichichi" sovrinini qo'lga kiritdi.
O'tgan mavsumda argentinalik futbolchi Kataloniya klubi safida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 30 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. U ushbu sovrinni 8 marta qo'lga kiritdi.
“La Liga tarixiga kirish katta sharaf. Avvaliga Sara (1940-50-yillarning afsonaviy hujumchisi, La Liga to'purari bo'yicha eng ko'p sovrinlarni qo'lga kiritish bo'yicha rekord o'rnatgan "Atletik") bilan tenglashish imkonsizdek tuyulardi, lekin men undan o'zib ketdim.
Men xursandman va faxrlanaman. Kimdir meni ortda qoldira oladimi, bilmayman, - deydi Messi.
Manba: www.sports.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
296