Dembele "Barselona"ni hayratda qoldirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 241

"Barselona"ning frantsiyalik hujumchisi Usmon Dembele klubdagi maoshini sezilarli darajada oshirmoqchi, deya xabar beradi "Footmercato" nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi shartnoma imzolash uchun bonus sifatida 30 million evro, shuningdek, soliqlar bilan qo'shib hisoblaganda yiliga 20 million evro maosh olmoqchi. Bu talablar, aksincha, frantsuzning maoshini kamaytirmoqchi bo'lgan Kataloniya klubi rahbariyatini juda hayratda qoldirdi.
Joriy mavsumda 24 yoshli Dembele "Barselona" safida bor yo'g'i 3 ta o'yinda maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Manba: Footballhd.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
274