Klublar o'rtasidagi JChga qur'a tashlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 194

Bugun klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Musobaqaning dastlabki bosqichida Birlashgan Arab Amirliklarining "Al-Jazira" klubi Yangi Zelandiyaning "Oklend" jamoasiga qarshi to'qnash keladigan bo'ldi.
Ushbu juftlik g'olibi chorak finalda OChL-2021 g'olibi — Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi sinovidan o'tadi. Chorak finalning ikkinchi juftligini Misrning "Al-Ahli" va Meksikaning "Monterrey" jamoalari tashkil qilishdi.
Libertadores kubogi va Evropa chempionlar ligasi musobaqalari g'oliblari klublar o'rtasidagi JChni yarim finaldan boshlashadi:
"Palmeyras" (Braziliya) — "Al-Ahli" (Misr) / "Monterrey" (Meksika)
"Chelsi" (Angliya) — "Al-Jazira" (BAA)/"Oklend"(Ya.Zelandiya) / "Al-Hilol" (S.Arabistoni).
Eslatib o'tamiz, klublar o'rtasida jahon chempionati 2022 yilning 3-12 fevral kunlari BAAda bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
243