Yosh dzyudochilarimiz Osiyo chempionatiga jo'nab ketishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

2-5 dekabr kunlari Livan poytaxti Bayrut shahrida dzyudo bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasida Osiyo-Okeaniya chempionati bo'lib o'tadi.
Yilning so'nggi musobaqasida qit'amizning yigirmaga yaqin davlatidan yosh dzyudo ustalari ishtirok etadi. Ular orasida to'liq tarkibdagi O'zbekiston terma jamoasi ham bor.
Bugun tunda Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi terma jamoamiz delegatsiyasi Bayrut shahriga jo'nab ketdi. Tarkibda Shohruh Mamarasulov, Islombek Ravshanqulov, Jayhunbek Nazarov, Shukurjon Aminova, Irisxon Qurbonboeva, Sita Kadamboeva kabi xalqaro musobaqalar havosini olgan yoshlarimiz bor.
Manba: Olympic.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264