"Barselona" qishda mankunianliklardan futbolchi xarid qilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 169

"Barselona" qishda "MYu" hujumchisi Marsalni o'z safiga qo'shib olishi mumkin. "Mundo Deportivo" nashriga ko'ra, katalon klubi qishda hujumchi sotib olish niyatida.
Bunga jamoa hujumchisi Serxio Agueroning uzoq vaqtlik tanaffusi sabab bo'lmoqda. Marsal 2015 yilda "Monako"dan 50 million evroga xarid qilingan edi.
25 yoshli futbolchi hozirda o'yin amaliyotiga eng kam ega bo'layotganlar qatorida turibdi. Shu sabab jamoadan ketishga qarshi bo'lmasa kerak. "Barselona" radarida shuningdek, "Man Siti" futbolchilari Ferran Torres hamda Rahim Sterlinglar ham mavjud.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
271