Brenden Rojers "Uotford"ga qarshi bahs haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98

"Lester" bosh murabbiyi Brenden Rojers "Uotford"ga qarshi g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. U bu haqida shunday deydi:
"Ajoyib o'yin bo'ldi. Yigitlardan xursandman. Biz hujumda har daqiqada raqibga xavotir solib tura oldik. Biz xavfli jamoaga qarshi o'ynayotgan edik. Ular "Everton"ga beshta, "MYu"ga esa to'rtta gol kiritgan. Biz esa ular ustidan g'alabaga erishdik. Bu biz uchun muhim uch ochko edi".
Eslatib o'tamiz, Rojers boshchiligidagi "tulkilar" keyingi turni "Sautgempton"ga qarshi o'tkazadi.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
268