«Turon» klubi prezidenti vazifasidan ozod etildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

Kuni kecha "O'zbekiston" o'yingohida Coca-Cola Superliganing 26-turi doirasidagi "Turon" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tdi. Mazkur o'yin yakunidan so'ng klub rahbariyati va ta'sischilari ishtirokida kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Klub qarorgohida tashkil etilgan ushbu yig'ilish davomida jamoaning mavsum davomidagi natijalari tanqidiy ko'rib chiqildi va muhokama qilindi. Shundan so'ng bugunga qadar klub prezidenti lavozimida ishlab kelgan yosh mutaxassis Abduvahob Ahmadaliev o'z arizasiga ko'ra egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
266