Messi: "Oltin to'p" haqida o'ylaganim yo'q"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 195

“PSJ”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi bu yil “Oltin to'p”ni qo'lga kiritish imkoniyatlari haqida o'ylamasligini aytdi.
"Rostini aytsam, bu haqda o'ylaganim yo'q. Mening uchun eng katta mukofot Argentina terma jamoasi bilan Amerika kubogidagi g'alabadir, - dedi Messi "Telefoot" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Messi faoliyati davomida olti marta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan. Joriy yilgi sovrin taqdirlash marosimi 29 noyabr kuni Parijda o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
266