"Zenit" Argentina jamoasiga 10 million evro taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 165

"Zenit" "Boka Xuniors" yarim himoyachisi Kristian Medinaga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi "El crack Deportivo" nashri.
Rossiya klubi Argentina klubining 19 yoshli yarim himoyachisi uchun 10 million evro to'lashga tayyor.
Avvalroq, "Boka Xuniors" "Zenit"ning futbolchi bo'yicha 8 millionlik taklifini rad etgandi. Rossiya klubi bu summa evaziga futbolchining 80 foiz huquqlarini sotib olmoqchi edi.
Joriy mavsumda Madina “Boka Xuniors” safida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachining klub bilan shartnomasi 2025 yilning oxirigacha amal qiladi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
292