43 yoshli Buffon mavsumdagi ikkinchi penaltini qaytardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

"Parma" darvozaboni Janluiji Buffon B Seriyada "Komo" jamoasiga qarshi o'yinda belgilangan penaltini qaytardi. O'yinda 1:1 hisobidagi durang natijasi qayd etildi.
Penalti bartaraf etilgan vaziyat 43-daqiqaga to'g'ri keladi. 11 metrlik jarima nuqtasidan Ettore Gliotstsi yo'llagan zarbani tajribali posbon qaytardi.
"Opta" nashrining xabar berishicha, darvozabon mavsumdagi o'zining darvozasiga belgilangan ikkinchi penaltini qaytardi. Buffonning bunday natija qayd etishi uchun "Yuventus"da 3 mavsum kerak bo'lgan.
Joriy mavsum 43 yoshli kiper 14 o'yinda maydonga tushib, 18 bor o'z darvozasidan to'p olib chiqqan.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270