"Navbahor" uch nafar futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Superligada navbatdagi mavsum yakunlandi va “Navbahor” PFK yangi mavsum taraddudini hozirdanoq boshlab yubordi. Kelgusi mavsumga yangi bosh murabbiy – Samvel Babayan boshchiligida kirishadigan jamoa o'z rejalarini bosqichma-bosqich amalga oshirishga kirishdi.
Xususan, joriy yilgi mavsumda o'zlarining ajoyib o'yinlari bilan “Navbahor” jamoasi g'alabalariga munosib hissa qo'shgan, O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchilar – darvozabon O'tkir Yusupov hamda himoyachi Davronbek Hoshimov, shuningdek, 2021 yilgi mavsum ikkinchi davrasida “lochinlar” safiga qo'shilgan serbiyalik himoyachi Boyan Tsiger keyingi mavsumda ham jamoamiz sharafini himoya qiladigan bo'lishdi. Ushbu futbolchilar bilan amaldagi shartnoma muddati uzaytirildi.
Manba: Navbahor klubi matbuot xizmati
Bosh sahifaga
273