Mutaxassis: "Oblak men uchun birinchi tanlov"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 156

"Tottenxem"ga "Atletiko" darvozaboni kerak. Futbol mutaxassisi Peddi Kenni o'z fikrini shunday bayon qildi. U intervyusida shunday deydi:
"Oblak men uchun birinchi tanlov bo'lgan bo'lardi. U fantastik darvozabon. O'ylaymanki, u Loris o'rnini bemalol bos oladi. Nik Pop ham yaxshi kiper. Ammo ingliz darvozaboni uchun harakat qilinmasa kerak. Oblak yillar davomida "Atletiko" himoya qo'rg'oni ortida munosib turib bermoqda. U top darajada. Pikford hamda Pop haqida unday demagan bo'lardim".
Eslatib o'tamiz, "shporlar" darvozaboni Ugo Lorisning bitimi kelasi yozda yakuniga etadi. Hozirda klub uning o'rniga munosib nomzod qidirmoqda.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214