"Liverpul" afsonasi Maguayrni himoya qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

Sobiq "Liverpul" futbolchisi Jon Barns "MYu" sardori Harri Maguayrni himoya qildi. U jamoa haqida shunday deydi:
"Maguayr "MYu" sardori bo'lish uchun eng munosib futbolchi. Shunchaki, uning o'ynaydigan pozitsiyasi juda ham tanqid kuchli yog'diriladigan joy. Bunda himoyachi bir o'zi hech narsa qila olmaydi. Unga yaxshi ko'maklashuvchi jamoadoshlar kerak bo'ladi. Bu erda muammo jamoa o'yin uslubida. Unda hujum vaqtida himoyachilar ham hujumga o'tishadi va mudofaa davrida qolgan futbolchilar jamoa himoyasiga yordam berishga qiynaladi. Shunday ekan, men Maguayrni tanqid qilmagan bo'lardim. U "MYu" hamda Angliya termasining eng yaxshi o'yinchilaridan. Men uni jamoaning hamma omadsizlikarida aybdor deya olmayman".
Eslatib o'tamiz, bugun "qizil iblislar" "Chelsi" maydonida o'yin o'tkazishadi.
Manba: futaa.com
Bosh sahifaga
233