"Arsenal" hujumchisining jamoa safida qolish niyati yo'q
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

"Arsenal" hujumchisi Aleksandr Lyakazett jamoa bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi. Frantsiyalik futbolchi kelasi yozda erkin agent sifatida London klubini tark etish niyatida, deya xabar beradi "Sky Sports" nashri.
Ma'lumotlarga ko'ra, “kanonirlar” 30 yoshli frantsiyalik futbolchiga 2023 yilning iyun oyi oxirigacha qisqa muddatli shartnoma taklif qilishga tayyor edi.
2021/22 yilgi mavsumda Lyakazett “Arsenal” safida 11ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Forvardning “kanonirlar” bilan shartnomasi 2022 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221