«Real»ning «Sevilya»ga qarshi o'yin uchun kengaytirilgan tarkibi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 199

«Real» Ispaniya chempionatining 15-turi doirasida «Sevilya»ni o'z maydonida qabul qiladi. Karlo Anchelotti boshchiligidagi murabbiylar shtabi mazkur o'yin uchun qaydnomaga 24 futbolchini kiritishdi.
Federiko Valverde tarkibga qaytgan bo'lsa, David Alaba «Sherif»ga qarshi bahsda jarohat olganiga qaramay, kengaytirilgan tarkibdan o'rin oldi.
Garet Beyl, Dani Sebalos va Eden Azar ertangi bahsni o'tkazib yuborishadi.
«Real Madrid»ning «Sevilya»ga qarshi o'yin uchun qaydnomasi:
Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Andrey Lunin, Luis Lopes.
Himoyachilar: Dani Karvaxal, Eder Militao, David Alaba, Xesus Valexo, Nacho Fernandes, Marselo, Ferlan Mendi.
Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Lukas Vaskes, Isko, Eduardo Kamavinga, Antonio Blanko.
Hujumchilar: Karim Benzema, Marko Asensio, Luka Yovich, Vinisius Junior, Rodrigo Goes, Mariano Dias.

"Real" - "Sevilya" o'yini 28 noyabrdan 29 noyabrga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

Bosh sahifaga
241