Bundesliga. "Borussiya D" safardagi g'alaba evaziga chempionat peshqadamiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

Dortmundning "Borussiya" jamoasi Germaniya chempionatining 13-turida "Volfsburg" mehmoni bo'lib, 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
G'oliblar safida Emre Jan, Doniell Malen va Erling Xoland bittadan gol muallifi bo'lishdi. Mezbonlarning yagona javob to'piga Vut Vegxorst mualliflik qildi.
Ushbu g'alabadan so'ng, "Borussiya" ochkolarini 30taga etkazib oldi va turnir jadvalida "Bavariya"dan 2 ochkoga ilgarilab ketdi va peshqadamlikni qo'lga oldi. "Volfsburg" 20 ochko bilan 7-pog'onada.
Bundesliga, 13-tur
"Volfsburg" – "Borussiya D" – 1:3
Gollar: 2 - Vegxorst (1:0), 35 - Emre Jan - penaltidan (1:1), 55 - Malen (1:2), 80 - Xoland (1:3).
Volfsburg – Pervan, Lakrua, Russiyon (Paulu Otaviu, 61), Baku (Mbabu, 75), Bruks, Vranks, Gilavogi (Filipp, 90+1), Arnold, Vegxorst, Nmecha (Valdshmidt, 61), Lukebakio
Borussiya D – Kobel, Shults (Zagadu, 85), Xummels, Akandji, Mene, Daxud, Roys, Brandt, Emre Djan (Vitsel, 85), Malen (Xolann, 73), Volf (Knauff, 62)
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
242