Maxmud Muradovning navbatdagi jangi muddati ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1708
Aralash qoidalar yakkakurashi bo'yicha o'rta (-84 kg) vazn toifasida oktagonga chiqadigan o'zbekistonlik Mahmud Muradov (19-6, 12 KO) 6 aprel kuni o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi.
Chexiyaning Brno shahrida bo'lib o'tishi kutilayotgan to'qnashuv Mahmud uchun MMA musobaqalaridagi 26-jangi bo'ldi. Xtreme Fighting Nation (XFN) turniri doirasida tashkil etiladigan mazkur jangda Muradovga kim raqiblik qilishi aniq emas.
Eslatib o'tamiz, so'nggi marta Mahmud 16 mart kuni Brnoda shvetsiyalik Diego Gonsalesga (20-13, 1 KO) qarshi jang o'tkazib, yakunda hakamlarning bir ovozdan bergan qaroriga ko'ra, ochkolar bo'yicha g'alaba qozongandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!