Baxsli “Oltin to'p“ egalari
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4554
“Fran Footbal“ nashri tomonidan topshirib kelinayotgan “Oltin to'p“ sovrini futbolchilar uchun birinchi raqamli sovrin bo'lib kelmoqda. Afsuski, bu sovrin g'oliblari har doim ham da'vogarlardan ustun bo'lishmagan. Bugun ana shunday baxsli oltin to'p egalari haqida...
2001-yil
O'sha yili bu nominatsiya uchun ikki yigit kurash olib borishgan edi. Biri “Real Madrid“ bilan ajoyib mavsumni o'tkazgan YChL to'p urari bo'lgan Raul bo'lsa, ikkinchisi “Liverpul“ safida ajoyib o'yinlar ko'rsatgan - Oven. Ovoz berish jarayoni oldidan ko'pchilik Raulning g'alabasini tahmin qilgan edi, ammo 140 ta ovoz ham ispaniyalik futbolchiga kamlik qildi. O'sha oqshom 175 ta ovoz bilan ingliz futbolchisi g'oliblikni qo'lga kiritgan edi. O'sha yili Raul “Oltin to'p“ uchun juda yaqin keldi ammo, qo'lga kirita olmadi. O'sha baxsli vaziyat haqida keyinchalik tezda unutishdi, biroq Raul unutmasa kerak. Sababi, u bu nominatsiyaga boshqa hech qachon bu qadar loyiq bo'lmagan edi.
2004-yil
Andrey Shevchenko 2004-yilda Italiya “A“ seriyasida g'oliblikni qo'lga kiritgan va mavsum davomida 24 ta gol urgandi. O'sha yili Anri boshchiligidagi “Arsenal“ mag'lubiyatsiz seriyani namoyish qilib APL da g'olib bo'lishgan qahramonimiz esa 30 ta gol bilan to'purarlar poygasida g'olib bo'lgan edi. “Franas Football“ nashri esa negadir futbolchini kuchli uchlikka ham kiritmadi. Ko'pchilik yaxshi eslasa kerak, Anrining o'sha mavsumdagi fantastik reydlari futbol olamini hayratda qoldirgan edi. Bechora Anri “Oltin to'p“ uchun kurashda kuchli uchlikka ham kira olmaydi va boshqa bu nominatsiyaga loyiq deb topilmaydi. To'g'ri, Shevaning iqtidoriga gap-so'z bo'lishi mumkin emas ammo, Tieri Anri undan sira qolishmas edi...
2006-yil
Yodingizda bo'lsa, Fabio Kannavaro ushbu sovrinni qo'lga kiritganida ko'plab ekspertlar norozi bo'lishganini yashirib o'tirishmgandi. O'sha yili JCh da g'oliblikni qo'lga kiritgan Italiya terma jamoasida yaqqol ajralib turgan futbolchi bo'lmagani sababli sovrin aynan Kannavaroga topshirilgandi. Eng qizig'i shundaki, o'sha mundialda eng yorqin o'yinlar ko'rsatgan Zidan esa bu safar “Oltin to'p“ga loyiq bo'lsada, chetda qolib ketdi. Vaholanki, Zizu mundialda terma jamoasini elkasida ko'tarib finalga olib chiqqan, uning termasi penaltilar seriyasi evazigagina chempionatda g'olib bo'la olmagandi. Anchayin baxsli vaziyat...
2010-yil
Messi qo'lga kiritgan yutuqlarining hammasida sovrin uchun loyiq bo'lgan ammo, 2010-yildagi “Oltin to'p“ bundan mustasno. O'sha yili Snayder “Inter“ tarkibida trebl qayd etgan, JChda finalgacha borgan, o'zining eng kuchli mavsumini o'tkazgan edi. Achinarlisi, o'sha yili Gollandiyalik futbolchi kuchli uchlikka ham kirmagan edi. Jahon chempionati finalida oltinga teng golni urgan Iniesta chetda qolib, Messi sovringa ega chiqqani katta shov-shuvga sabab bo'lgani ko'pchilikning yodidan ko'tarilmagan bo'lsa, ajab emas. Nima ham derdik, vaqt hamma dardga davo, ammo ...
2013-yil
2012-13-yilgi mavsumlarda “Bavariya“ klubi trebl qayd etgani ko'pchilikning yodidan chiqmagandir. O'sha “Bavariya“ safida Frank Riberi fantastik mavsumni o'tkazgan, uni shunchaki to'xtatib bo'lmagan edi. Ronaldu esa o'sha yili sovrinlarsiz qolgan bo'lsada, sovrin uchun kurashda g'olib bo'lgandi. Riberi haligacha Ronaldu mening “Oltin to'p“imni o'g'irlagan deya yarim hazil yarim chin ohangda o'sha kunni xotirlab turadi... Keyinchalik butun Frantsiya aynan Ronalduga ovoz bergani ma'lum bo'lgach Riberi o'z Vatanidan qattiq ranjiganini yashirib o'tirmadi va ko'p o'tmay termadagi faoliyatini yakunladi.
Ya.U