"Yuventus" rahbariyati tergov ostida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

Italiya moliya politsiyasi “Yuventus” shtab-kvartirasida reyd o'tkazdi, deya xabar bermoqda jurnalist Zak Lyovi.
Manbaga ko'ra, Turin klubi rahbariyati yolg'on xabar berish va 50 million evro miqdoridagi kapitalni noqonuniy qo'lga kiritishda gumon qilinmoqda.
Klub prezidenti Andrea Anelli, vitse-prezident Pavel Nedved va sobiq sport direktori, hozirda "Tottenxem"da ishlayotgan Fabio Paratichi tergov ostida.
Huquq-tartibot idoralari “Yuventus”ning 2018 yildan 2021 yilgacha bo'lgan davrdagi hisobot faoliyatini o'rganish niyatida.
Ish bo'yicha ayblanuvchilar qanday jazoga tortilishi hozircha noma'lum.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221