"Barselona" futbolchisi Angliyaga borishni istamaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele klubni tark etish niyatida emas. "Sport" nashri bergan xabarga ko'ra, frantsuz futbolchisi Kataloniyadan ketmaydi.
Unga "Nyukasl" jiddiy qiziqish bildirayotgan edi. Hozirda dunyodagi eng boy klub qishda Usmon uchun katta taklif yuborishni reja qilgandi.
Futbolchining o'zi uchun esa yiliga 12,7 million funt maosh belgilanar edi. Dembele "Barselona"da qolishini, boshqa klublardan bo'layotgan har qanday taklif va pul miqdori uni qiziqtirmasligini bildirgan.
Avvalroq "Barsa" "Manchester Siti"dan Ferran Torresni olib kelmoqchiligi haqida xabar qilingandi.
Manba: caughtoffside.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222