Rossiyalik futbolchi "Verona"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

"Verona" qishki transfer oynasida "Atalanta" yarim himoyachisi Aleksey Miranchukni sotib olmoqchi. Bu haqda jurnalist Nikola Skira "Twitter" sahifasida xabar berdi.
"Verona" yanvarda jamoani tark etishni rejalashtirayotgan "Atalanta"dan Miranchukning transferiga qiziqmoqda", - deb yozadi jurnalist.
Oldinroq rossiyalik yarim himoyachiga "Zenit", "Jenoa" va "Torino"dan takliflar borligi xabar qilingandi.
Joriy mavsumda Miranchuk sakkizta o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Rossiyalik futbolchining Bergamo klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Manba: Sport-Box.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222