OAV: Xoland uchun "Real"ga o'tish – ustuvor variant
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141
40
"Borussiya"ning norvegiyalik hujumchisi Erling Xolland yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.
Yozda futbolchining shartnomasida band faollashtiriladi, unga ko'ra, u dortmundliklar jamoasini 75 million evro evaziga tark etishi mumkin. "Goal.com" xabariga ko'ra, norvegiyalik hujumchi uchun ustuvor variant - "Real"ga o'tish.
Shuningdek, futbolchiga "Manchester Siti", "PSJ", "Liverpul" va "Chelsi" ham qiziqish bildirmoqda. U o'z atrofidagilarga kelajagi borasida hali yakuniy qarorga kelmaganini aytdi.
Joriy mavsumda 21 yoshli hujumchi "asalarilar" bilan barcha turnirlarda 10ta o'yinda qatnashib, 13ta gol urdi va 8ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Sport-Box.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229