«Navro'z Kubogi»ning 1/8 final uchrashuvlari bo'lib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2890
Bugun qo'shni Qozog'istonda davom etayotgan «Navro'z Kubogi»ning 1/8 final uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Alisher Ibrohimov murabbiyligidagi 2009 yilda tug'ilgan bolalardan iborat jamoalarimizning biri g'alaba qozongan bo'lsa, ikkinchisi penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi. «Bunyodkor-1» Qozog'istonning «Parassat» jamoasidan ustun kelgan bo'lsa, «Irtish» bilan durang o'ynagan «Bunyodkor-2» lotoreyada yutqazdi. Shu tariqa «Bunyodkor-1» 1-8-o'rinlar uchun bo'layotgan kurashni davom ettiradi. «Bunyodkor-2» esa, yuqoriroq o'rinlardan birini egallashga harakat qiladi.
Aleksandr Xvostunov boshchiligidagi 2007 yilgi guruhning asosiy tarkibi «Qayrat»ga qarshi maydonga chiqib, penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchradi. Ikkinchi tarkib esa, Qozog'istonning «Ariston» jamoasini «taslim» etdi.
«NAVRO'Z KUBOGI»
1/8 final
2009 yilgi jamoalar
«Bunyodkor-1» - «Parassat» - 4:1
«Bunyodkor-2» - «Irtish» - 0:0 (penaltilar bo'yicha: 1:2)
2007 yilgi jamoalar
«Bunyodkor akademiya» - «Qayrat» - 1:1 penaltilar seriyasi: 3:4)
«Bunyodkor-2» - «Ariston» - 2:0