Maykl Karrik jarohatlarngan futbolchilar yuzasidan ma'lumot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

"Manchester Yunayted" murabbiyi Maykl Karrik "Chelsi"ga qarshi o'yin oldidan jamoa tarikibidagi yo'qotishlarga to'xtalib o'tdi. U bu haqda shunday dedi:
"Bizda o'yin oldidan bir yoki ikkita kichkina muammolar mavjud. Ulardan biri Lyuk(Shou)dir. U "Uotford"ga qarshi bahsda boshidan qattiq zarba qabul qilgandi. Shu sabab, kelayotgan o'yinda maydonga tushishi so'roq ostida. Ammo biz uni qaytarishga umid bog'laganmiz. Yana bir futbolchi bu Fred. U jamoamizning muhim o'yinchisi. Biroq u to'pig'idan jarohat olgan. Uning ahvolini kuzatayapmiz".
Eslatib o'tamiz, "MYu" shuningdek, Harri Maguayr xizmatidan ham foydalana olmaydi. Chunki u o'tgan o'yinda maydondan chetlatilgan edii.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
227