Tuxel "MYu"ning bo'lajak bosh murabbiyini o'ziga ustoz deb biladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

"Chelsi" ustozi Tomas Tuxel APLga tashrif buyurishi kutilayotgan Ralf Rangnik haqida fikr bildirdi. U o'z intervyusida shunday deydi:
"U menga ko'p yordam bergan. Ralf mening ustozim edi va aynan u meni murabbiylikda o'zimni sinab ko'rishga ko'ndirgan odam sanaladi. U hozirgi futbolga ta'sir ko'rsata olgan shaxsdir. Futbolda himoyachilar o'z hujumchisini har qaerda ta'qib qiladi. Ammo u bu narsa shart emasligi, bu faqat maydon hududida qilinadigan ish ekanligini ko'rsata olgandi".
Rangnik "MYu"ning "Arsenal"ga qarshi kechadigan o'yinigacha jamoa boshiga kelishi kutilmoqda.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228