"Nyukasl" Dembele uchun kurashda etakchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

"Barselona" futbolchisi Usmon Dembele uchun kurashda favorit jamoa nomi aniq bo'ldi, deya xabar berdi "Mundo Deportivo" nashri.
Gazetaning ma'lum qilishicha, vingerni qo'lga kiritish bo'yicha eng yaxshi imkoniyat "Manchester Yunayted"da emas, balki "Nyukasl"dadir.
"Qarg'alar" kelasi yil erkin agentga aylanishi mumkin bo'lgan futbolchi uchun 15 million evro bonus puli va har yili ko'tarilib boruvchi maosh berishga tayyor.
Angliya klubining taklifi Dembele uchun moliyaviy muammolarga uchrayotgan kataloniyaliklarnikidan sezilarli darajada qulayroq. Yaqin orada u kelajagi borasida qaror qabul qiladi.
Eslatib o'tamiz, Usmon Dembele bu mavsum "ko'k-anorranglilar" safida EChLda ikki o'yin o'tkazib, samarali harakatlar amalga oshirmadi.
Manba: Sport-Express.ru
Bosh sahifaga
222