Dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-Prisida ishtirok etishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3602
Joriy yilning 29-31 mart kunlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo bo'yicha an'anaviy “Gran-Pri” xalqaro turniri bo'lib o'tadi. Unda O'zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi.
55 ta davlatdan 452 nafar (252 erkak, 200 ayol) sportchi ishtirok etadigan musobaqada yurtimiz sharafini 11 nafar polvon himoya qiladi. Nufuzli turnirda jahonning etakchi dzyudochilari nafaqat medallar, balki Tokio Olimpiadasi reyting ochkolari uchun ham bahs olib borishadi.
Ushbu musobaqada yo'l oladigan delegatsiyamiz tarkibi quyidagicha:
Erkaklar:
- 60 kg: Diyorbek O'rozboev, Sharofiddin Lutfullaev
- 66 kg: Sardor Nurillaev
- 73 kg: Hikmatilla To'raev
- 81 kg: Kamoliddin Rasulov
- 90 kg: Yahyo Imomov, Davlat Bobonov
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov
+ 100 kg: Bekmurod Oltiboev
Ayollar:
- 70 kg: Gulnoza Matniyazova
-78 kg: Nodira Yuldasheva
Murabbiylar: Farxod To'raev, O'ktam Rahmonov