Manchini: “Yaxshiroq bo'lishi mumkin edi“
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

Roberto Manchini qur'adan unchalik xursand bo'lmadi, ammo jamoasi uchun ustunlik topishga harakat qilmoqda. Evropa chempionlari o'zlariga bo'lgan ishonchni yo'qotmaydi. Manchini ijobiy natijaga ishonadi, garchi u bir o'yin formatining murakkabligi haqida gapirsa ham.
«Qur'a bundan ham yaxshi bo'lishi mumkin edi. Bu faqat bitta o'yin. Bu format qiyin. Hozir o'zimizga ishonamiz, kayfiyatimiz yaxshi.
Biz saralashda juda yaxshi edik. Hatto Shveytsariya bilan o'yinlarda ham g'alaba qozonishga haqli edik, ammo bunga erisha olmaganmiz», dedi murabbiy.
Italiya finalga chiqsa va Portugaliya bilan to'qnash kelsa, hal qiluvchi o'yinni mehmonda o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220