“Navbahor” stadioni maydoni e'tirof etildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

Bugun O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O'FA) birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovning tavsiyasiga binoan, O'FA koordinatori, futbol maydonlari bo'yicha mutaxassis Uchqun Quvonov “Navbahor” qarorgohiga tashrif buyurib, jamoamiz o'z uy uchrashuvlarini o'tkazadigan “Markaziy” o'yingoh maydoni va “Navbahor”ning yoshlar, farm, ayollar hamda U-18 jamoalari o'z o'yinlarini o'tkazadigan zaxira maydoni maysalari sifatini ko'zdan kechirdi.
Uchqun Quvonov har ikki maydon sifatiga yuqori baho berib, vodiy safari davomida bungacha Farg'onadagi “Istiqlol” (“Neftchi” jamoasi uy uchrashuvlarini o'tkazadigan stadion), Qo'qondagi “Markaziy” (“Qo'qon-1912” uy stadioni), Yaypandagi “O'zbekiston” (“Turon“ uy stadioni) hamda Andijondagi “Bobur-arena” (“Andijon” uy stadioni) stadionlari sifatini tekshirganligi, “Navbahor” uy uchrashuvlarini o'tkazadigan “Markaziy” o'yingoh stadioni maydoni sifati bo'yicha yurtimizdagi eng zo'rlaridan biri ekanligini e'tirof etib, albatta, bunda Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov, shuningdek, klub rahbariyati, “Markaziy” o'yingoh rahbariyati hamda ishchi-xodimlarining ulkan mehnatlari samarasi yotganligi, shunday ruhda mehnat qilishda davom etishlari lozimligini ta'kidladi.
Manba: Navbahor klubi matbuot xizmati

Bosh sahifaga
219