Rasman: Pioli «Milan» bilan yangi shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

«Milan» o'zining rasmiy sayti orqali jamoa bosh murabbiyi Stefano Pioli bilan shartnoma uzaytirilgani haqida xabar berdi.
56 yoshli mutaxassis klub bilan yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin bo'lgan 2023 yilgacha shartnoma imzoladi.
Pioli «rossoneri»ni 2019 yilning oktyabr oyidan buyon boshqarib kelmoqda, 106 o'yin o'tkazib, 59 g'alaba qozongan, 27 marta durang o'ynagan va 20 ta mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Calciomercato xabariga ko'ra, «Milan» bilan yangi kelishuvga ko'ra, murabbiyning maoshi bonuslarni hisobga olmaganda 3,5 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260