"Napoli" futbolchisi shifoxonadan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

"Napoli" futbolchisi Vikor Osimxen shifoxonadan uyiga qaytdi. Xabarlarga ko'ra, bugun jamoa hujumchisi Osimxenga uyiga ketish uchun ruxsat berilgan.
22 yoshli futbolchining ahvoli ancha yaxshi. U endilikda 10-15 kun davomida uyida reabilitatsiya qilinadi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar qildi.
Eslatib o'tamiz, Osimxen "Inter"ga qarshi bahsda yuzidan jiddiy jarohat olgan edi. U ko'z soqqasi va yanoq suyagidan operatsiya qilingan. Futbolchi yanvar oyida bo'lib o'tadigan Afrika Millatlar kubogi musoboqasida ishtirok eta olmaydi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
186