Benites: "U vazminroq bo'lishi kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160

"Everton" ustozi Rafael Benites o'z futbolchisini ogoh bo'lishga chaqirdi. U Richarlison haqida shunday deydi:
"U mavsumda beshta sariq kartochka olganini va bu juda erta ro'y berganini juda yaxshi biladi. Bu yaxshilikka olib kelmasligi mumkin. U o'yinda vaziyatlar uchun reaktsiya bildira olmasligini anglab etishi kerak. U vazminroq bo'lishi lozim. Ba'zida uning jahli va harakatlarini jilovlab bo'lmay qoladi. U o'z harakatlari va xarakteridan boxabar bo'lishi kerak".
Eslatib o'tamiz, braziliyalik hujumchi "Man Siti" bilan bahsda o'zining mavsumdagi 5 sariq kartochkasini qabul qilib olgandi. U 12ta turda 8 marta maydonga tushirilgan.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
174