"Real" himoyachisining "Sevilya" bilan o'yindagi ishtiroki so'roq ostida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 170

Avstriyalik “Real” klubi himoyachisi David Alaba Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turi doirasidagi “Sherif”ga qarshi o'yinda (3:0) tizzasidan jarohat oldi.
Insayder Melchor Ruizning so'zlariga ko'ra, Alaba bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi. Shundan so'ng, jarohatning qay darajada jiddiyligi aniqlanadi.
Ammo, ma'lumotlarga ko'ra, bugun avstriyalik o'zini ancha yaxshi his qilmoqda va katta ehtimol bilan "Sevilya"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" – "Sevilya" o'yini yakshanba kuni "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanishi rejalashtirilgan.
Manba: Soccernews.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
171