Jon Terri: "Ayni paytda "Chelsi" eng kuchli jamoa"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

"Chelsi" klubining sobiq futbolchisi Jon Terri jamoa haqida fikr bildirdi. U "aristokratlar"ni Angliyadagi eng yaxshi klub deb hisoblaydi:
"Jamoaning hozirgi holati menga Drogba hamda Robben davrini esga soldi. Menimcha, "Chelsi" ayni paytda ligadagi eng ilg'or va kuchli jamoa. O'yinchilar hatto Lukakusiz ham yaxshi harakat qilishmoqda. Tarkibdagi istalgan futbolchi gol urish qobiliyatiga ega. Bu quvonarli holat. Lukaku ham tarkibga qaytsa, samaradorlik ikki karra oshadi deb o'ylayman".
Eslatib o'tamiz, "Chelsi" yakshanba kuni o'z maydonida murabbiysiz qolgan "MYu"ni qabul qiladi. Ikki jamoa o'rtasidagi farq hozirda 12 ochkoni tashkil qilmoqda.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
175