Perishich "Inter" bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

Hujumchi Ivan Perishich “Inter” bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin. Milan klubi yangi yil oldidan jamoada 2015 yildan buyon o'ynab kelayotgan futbolchi bilan muzokara o'tkazishi kutilmoqda. Rahbariyat futbolchining maoshini yiliga 5 dan 4-3,5 million evrogacha kamaytirishga rozi bo'lishini kutmoqda.
Jurnalist Nikola Skironing "twitter"da yozishicha, 32 yoshli xorvatga Angliya va Germaniya klublari qiziqish bildirmoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyunida yakuniga etadi.
Perishich joriy mavsumda 16ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 2ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
171