«Bunyodkor» Tojikistonga etib bordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 985
Bugun ertalab Tojikistonga jo'nab ketgan Abdulla Bo'riev murabbiyligidagi “Bunyodkor” futzal jamoasi manzilga etib bordi.
Musobaqa So'g'd viloyatining Guliston shahrida bo'lib o'tadi. “Qaldirg'ochlar” shahardagi “Bahoriston” mehmonxonasiga joylashdi.
Murabbiylar shtabi rejasidan kechki payt mashg'ulot o'rin olgan. Musobaqa tashkilotchilarining ma'lumotiga ko'ra, ertaga turnirga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!